Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekistonlik futbolchi «Buriram Yunayted»ga o‘tmoqda

O‘zbekistonlik futbolchi «Buriram Yunayted»ga o‘tmoqda

Автор: admin

Bekabodning «Metallurg» klubi sardori Akbar Ismatullayev kelasi mavsumdan ilk marta faoliyatini xorijda davom ettirishi kutilmoqda. 
O‘zbekiston chempionatida 9 yildan buyon to‘p surib kelayotgan 28 yoshli futbolchi Tailandning «Buriram Yunayted» klubiga o‘tadi. Akbar Ismatullayev Tailandning amaldagi chempioni bilan bu borada og‘zaki kelishuvga erishgan. O‘zbekistonlik futbolchi «Buriram Yunayted»ning 2020 yildagi dastlabki transferi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Akbar Ismatullayev ushbu mavsumda «Metallurg» safida 25 o‘yinda maydonga tushib, klubi bilan Superligada kuchli beshlikdan o‘rin oldi. «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish yarimhimoyachini Vadim Abramov bosh jamoamizning sentyabr oyidagi yig‘inida chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Buriram Yunayted» yangi mavsumda ham Osiyo Chempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi. Dastlabki saralash bahsida Vetnamning «Xo Shi Min» klubiga qarshi maydonga tushsa, g‘alaba qozongan taqdirda guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanxay SIPG» jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi.
303   

Комментарии
(1)

  1. Bek 14 декабря 2019 17:26
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *