Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Jeko “Roma”dan ketadigan bo'lsa, o'rniga kim kelishi aniq

Jeko “Roma”dan ketadigan bo'lsa, o'rniga kim kelishi aniq

Автор: admin

“Bo'rilar” hujum chizig'ini kuchaytirish harakatida.
Rimliklar rahbariyati agar jamoani Jeko tark etadigan bo'lsa, uning o'rnini Manjukich bilan to'ldirishmoqchi.
Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, “Roma” hozircha o'z hujumchisi Edin Jekoni “Yuventus”ga qo'yib yuborish niyatida emas. Rimliklar dastlab bosniyalik futbolchining o'rnini to'laqonli bosa oladigan hujumchini qo'lga kiritishmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, ushbu nuqtada “bo'rilar” rahbariyati ayni payti erkin agent maqomidagi Mario Manjukichni ko'rishmoqda.
Joriy yil 34 yoshli xorvatiyalik futbolchi Qatarning “Al Duxayl” jamoasi safida harakat qilib, atigi beshta o'yinda maydonga tushdi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *