Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» 21 yoshli fransiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi

«Chelsi» 21 yoshli fransiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

«Chelsi» 21 yoshli fransiyalik himoyachi Malang Sarr bilan shartnoma tuzish borasida kelishuvga erishdi, deb yozadi Get French Football News.
Manbaga ko‘ra, kelishuv 5 yilga mo‘ljallangan. Muzokaralar yakuniy bosqichda. Futbolchi yaqin kunlarda London klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Sarr – «Nitssa» tarbiyalanuvchisi. U o‘tgan mavsumda jamoasi safida 20ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2 bor sariq kartochka olgan.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda Liga 1 koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlangan. «Nitssa» 28ta bahsda 41 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egallagan.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *