Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares «Barselona»dan ketishni istamayotgani sababi ma’lum bo‘ldi

Suares «Barselona»dan ketishni istamayotgani sababi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Kataloniya klubini tark etmoqchi emas.
Sky Sport Italia’ning xabariga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Ronald Kuman 33 yoshli urugvaylik futbolchi bilan suhbatda unga yangi mavsum rejalaridan o‘rin olmaganligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, Suares 2021 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnomasini bekor qilmoqchi emas. Futbolchi yillik 25 million yevro maosh olishi sababli har qanday holatda ham kelishuvi yakuniga qadar klubda qolishni o‘ylamoqda. 
Manbaning yozishicha, «Ayaks» Suaresga yillik 3 million yevro maosh taklif qilgan, ammo u sobiq klubi taklifini rad etgan. 
Avvalroq, Suares bilan bog‘liq vaziyatni «PSJ» klubi ham kuzatib borayotganligi haqida xabar berilgandi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *