Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» Messining transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» Messining transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

Автор: admin

«Manchester Siti» klubi «Barselona» hujumchisi Lionel Messini transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi ESPN.
Manbaning yozishicha, «shaharliklar» rahbariyati argentinalik futbolchini Manchesterga olib kelish qiyin bo‘lishini tushunib turibdi, ammo «Barselona» Messini sotishga rozi bo‘lgan taqdirda futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylanmoqchi.
Shu bois manchesterliklar hozirda transfer xarajatlarini o‘rganmoqda. Shuningdek, Messining transferini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda sotib olish masalasi ko‘rib chiqilayapti.
Avvalroq, 33 yoshli goleadorga «PSJ» va «Inter» klublari qiziqish bildirayotgani, «Barselona» esa Messini o‘z safida olib qolish uchun 700 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilagani haqida xabar berilgandi.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *