Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Konte «Inter»da qoladigan bo‘ldi

Konte «Inter»da qoladigan bo‘ldi

Автор: admin

«Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte Milan klubidagi ishini davom ettiradi. 
Kontening rahbariyat bilan o‘tgan uchrashuvidan so‘ng murabbiyning lavozimida qolishiga qaror qilindi.
«Klub va Antonio Konte o‘rtasidagi bugungi uchrashuv strategiyaning izchilligi, uning birgalikda bajarilishi nuqtayi nazaridan samarali bo‘ldi. Tomonlar loyihani yanada rivojlantirish uchun harakat qilishadi», – deyiladi «neradzurri» rasmiy saytida.
Avvalroq italiyalik mutaxassisning jamoadan ketishi, uning o‘rniga Massimiliano Allegri kelishi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Inter» yakunlangan mavsumda A Seriyada 2-o‘rinni egalladi, Yevropa Ligasida esa finalga chiqdi.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *