Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» Messi uchun kurashga qo‘shildi

«Manchester Yunayted» Messi uchun kurashga qo‘shildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini tarkibga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Cuatro nashri ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi yozgi transferlar doirasida ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakatlar boshlashga tayyorlanmoqda.
Klub rahbariyatidan norozi bo‘lgan 33 yoshli Messi yana bir marta «Barselona»dan ketish haqida o‘ylamoqda. «Barsa» esa Messi sotilmasligi, uni qo‘lga kiritishni istaydigan klub shartnomada belgilangan 700 mln yevro miqdoridagi badal pulini to‘lashi kerakligini ta’kidlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchining xizmatlariga «Manchester Siti», «Pari Sen-Jermen» va «Inter» kabi klublardan ham qiziqishlar mavjud.
Yakunlangan mavsumda Messi kataloniyaliklar jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 44 o‘yinida maydonga tushib, 31 gol urgan va 26 golga uzatma bergan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi muddati 2021 yil yoziga qadar tuzilgan.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *