Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Busketsga asosiy tarkibdan joy kafolatlamayapti

Kuman Busketsga asosiy tarkibdan joy kafolatlamayapti

Автор: admin

«Barselona» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman yarim himoyachi Serji Buskets bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jamoaning mashg‘ulot bazasida bo‘lib o‘tdi va u taxminan yarim soat davom etdi.

Niderlandiyalik mutaxassis tayanch hududi futbolchisini yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritayotganini, ammo unga asosiy tarkibdan joy kafolatlamasligini ma’lum qildi.

Murabbiy qaroriga ko‘ra, Buskets asosiy tarkib uchun Frenki de Yong kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Buskets La liganing joriy mavsumida 29ta o‘yinda asosiy tarkibda, 4 marta zaxiradan maydonga tushdi.
Manba: sports.ru
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *