Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Koutino bo‘yicha bir qarorga keldi

Kuman Koutino bo‘yicha bir qarorga keldi

Автор: admin

Hamma masalaning echimini kutmoqda
Braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi. Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman mohir futbolchi bo‘yicha bir qarorga kelgan.
Niderlandiyalik murabbiy uni Kataloniyada olib qolishni rejalashtirmoqda. Buning uchun u Koutino bilan shaxsan gaplashib olishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Koutinoning o‘zi ham bir necha marotaba “Barselona”ga qaytish istagi haqida ma’lum qilgan edi. Sobiq murabbiy Kike Setenning fikrini qo‘llab-quvvatlab, Koutinodan voz kechgan klub prezidenti Bartomeu endi Kumanning har qanday qarorini qabul qiliga tayyorligini bildirmoqda.
Koutinoning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana uch yil amal qiladi.
44   
Добавить комментарий
Ваше имя: *