Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Arsenal” super transferni e’lon qiladi

“Arsenal” super transferni e’lon qiladi

Автор: admin

Artetaning omadi chopdi
“Arsenal” qator grandlar e’tiborida turgan “Lill” himoyachisi Gabrielni qo‘lga kiritdi.
Futbolchi Londonga kelib, yangi klubida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning “Arsenal” bilan shartnomasi besh yillik bo‘ladi. Londonliklar himoyachiga yiliga 2 million evroga yaqin maosh to‘laydi.
Ushbu transfer uchun “Arsenal” frantsiyaliklarga 26 million evro to‘laydi. 22 yoshli himoyachining o‘yiniga qarab, yana to‘rt million evro miqdorida turli bonuslar ham beriladi.
Braziliyalik Gabriel Lill” tarkibida 2017 yildan beri 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol urgan edi.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *