Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi endi "Barsa"da etakchi emas!

Messi endi "Barsa"da etakchi emas!

Автор: admin

Kumanning qarori qat’iy
Bir necha yillardan buyon “Barselona”da etakchilik vazifasini Lionel Messi bajarishiga hamma ko‘nikib qolgan. Hatto argentinalik futbolchi klubning boshqaruv tizimi va bosh murabbiyga ham o‘z ta’sirini o‘tkazish qudratiga ega edi.
Yangi murabbiy Messining bu imtiyozlarini olib qo‘yishga qaror qildi. Kuman jamoani 23 yoshli hamyurti Frenki de Yong atrofida shakllantirishga kirishgan. Bunga birinchi navbatda, jamoa Messi etakchiligida 5 yildan buyon Evropa maydonlarida katta yutuqlarga erisha olmayotgani sabab bo‘lmoqda.
Kuman kelgach, jamoaning Jerar Pike, Xordi Alba, Luis Suares, Ivan Rakitich kabi ustunlarini ag‘darib tashladi. Kuman Messini ham sotib yuborishga tayyorligini bildirgach, klub Messining badal pulini e’lon qildi.
Endi Kuman mutaxassis bor e’tiborini yangi tarkibni shakllantirishga qaratmoqda va bunda asosiy vazifalarni Niderlandiya terma jamoasida o‘zini ishonchini oqlab kelgan shogirdlariga bo‘lib berishga harakat qilmoqda.
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *