Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Koutinoga nima dedi?

Kuman Koutinoga nima dedi?

Автор: admin

Murabbiy unga qo‘ng‘iroq qild.
Nihoyat, “barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘ziga jamoa qidirib yurgan Filippe Koutino bilan gaplashib olishga imkon topdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kuman braziliyalik pleymeykerga qo‘ng‘iroq qilib, uni yangi mavsumda jamoadagi roli bilan tanishtirgan. Niderlandiyalik murabbiy bu futbolchiga asosiy tarkibdan joy berishga tayyor ekanini bildirgan.
Koutino “Barselona”ga 2018 yilda kelgan edi. Kataloniyaliklarning o‘yin uslubiga tushmagani bois, uni “Bavariya”ga ijaraga berib yuborishgan. Myunxenliklar tarkibida Koutino Germaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Koutinoning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *