Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Lids» Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Lids» Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

«Valensiya» hujumchisi Rodrigo Moreno faoliyatini Angliyada davom ettiradi, deb yozadi COPE Valencia.
Manbaga ko‘ra, «Lids» futbolchining transferi borasida «Valensiya» bilan kelishuvga erishdi. APL klubi  Rodrigo uchun 30 mln yevro to‘laydi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 40 mlnga yetishi ham mumkin.
29 yoshli ispaniyalik hujumchi o‘tgan mavsumda La Ligada 27ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Milliy jamoada esa 17ta rasmiy bahsda 7ta to‘p kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, «Lids» 16 yillik tanaffusdan so‘ng Premer-ligaga qaytdi. Jamoa bosh murabbiyi argentinalik Marselo Belsa hisoblanadi.
74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *