Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi Kuman bilan suhbatdan so‘ng murabbiydan norozi bo‘lgani oydinlashdi

Messi Kuman bilan suhbatdan so‘ng murabbiydan norozi bo‘lgani oydinlashdi

Автор: admin

«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messi bilan suhbatda nimalar degani ma’lum bo‘ldi.
Deportes Cuatro'ning yozishicha, niderlandiyalik mutaxassis Messi bilan suhbatda o‘zining qattiqqo‘l ekanligini, kiyinish xonasida hech kim imtiyozlarga ega bo‘lmasligini aytgan. Ta’kidlanishicha, uchrashuv keskin ruhda o‘tgan.
Messi Kumandan bunday xatti-harakatlarni kutmagan va undan norozi bo‘lgan. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, murabbiy argentinalikni «Barselona»ning asosiy o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi.
Avvalroq Messi Kumanga klubni tark etish niyati borligi haqida xabar qilgandi. 25 avgust kuni esa futbolchi jamoani tark etishi to‘g‘risida klubga faks yubordi.
189   
Добавить комментарий
Ваше имя: *