Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi «Barselona»dan o‘zini tekinga qo‘yib yuborishni so‘ramoqda

Messi «Barselona»dan o‘zini tekinga qo‘yib yuborishni so‘ramoqda

Автор: admin

«Barselona» klubi tomonidan ma’lum qilinishicha, Lionel Messi tomonidan klubga yuborilgan so‘rovda futbolchining shartnomasidagi mavsum yakunida jamoani tekinga tark etishi mumkinligi haqidagi bandi eslab o‘tilgan, deya yozadi The Telegraph.
Shunga qaramay, klub shartnomani bekor qilish bo‘yicha alohida bandning muhlati iyun oyida tugaganligini ma’lum qilib, bu borada huquqshunoslarga murojaat qilgan.
Avvalroq, «Barselona» argentinalik futbolchisi Lionel Messi klubdan ketishga qaror qilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagandi.
Shunga qaramay, «Barsa» Messi sotilmasligi, uni qo‘lga kiritishni istaydigan klub shartnomada belgilangan 700 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi kerakligini ta’kidlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchining xizmatlariga «Manchester Siti», «Pari Sen-Jermen», «Inter» va «Manchester Yunayted» kabi klublardan ham qiziqishlar mavjud.
77   
Добавить комментарий
Ваше имя: *