Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rakitich «Sevilya»ga qaytishga yaqin turibdi

Rakitich «Sevilya»ga qaytishga yaqin turibdi

Автор: admin

«Barselona» klubi yarim himoyachi Ivan Rakitich bilan yozgi transfer oynasi paytida xayrlashmoqchi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi «Sevilya»ga qaytadi. Klublar 32 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishdi. Rakitichning "Barsa" bilan yana bir yillik shartnomasi borligiga qaramay, u «Sevilya» safiga bepul o‘tadi. Evaziga «Barselona» andalusiyaliklarning ba’zi o‘yinchilari transferi borasida ustuvor huquqini qo‘lga kiritmoqchi. Jumladan, kataloniyaliklarni himoyachilar Diyego Karlos va Jyul Kunde qiziqtiradi. Ya’ni, "Sevilya" ularni sotishni istasa, birinchi bo‘lib o‘yinchilarni "Barsa"ga taklif qiladi.

Ivanning "Sevilya"ga o‘tishi mazkur haftada amalga oshishi mumkin.

Rakitich 2014 yilda 18 million yevro evaziga «Sevilya»dan «Barselona»ga o‘tgan edi. "Ko‘k-anorranglilar" safida u 4 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Ispaniya kubogi sohibi va bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Manba: sport24.ru
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *