Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: Messi APL klubiga o‘tishga qaror qildi

Manba: Messi APL klubiga o‘tishga qaror qildi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Manchester Siti»ga o‘tishga qaror qildi, deb yozadi jurnalist Marselo Bexler o‘zining «tvitter»dagi sahifasida.
Manbaga ko‘ra, Messi «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Avvalroq «Barselona» hujumchining klubdan ketishga qaror qilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagandi. Ammo kataloniyaliklar Messi sotilmasligi, uni qo‘lga kiritishni istaydigan klub shartnomada belgilangan 700 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi kerakligini ta’kidlashmoqda.
33 yoshli argentinalik o‘tgan mavsumda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 31ta gol va 26ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.
104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *