Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo «Yuventus» qanday o‘yin ko‘rsatishi kerakligini aytdi

Pirlo «Yuventus» qanday o‘yin ko‘rsatishi kerakligini aytdi

Автор: admin

«Yuventus»ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoasi qanday futbol namoyish etishini istashi haqida gapirdi.
«Yuventus» men o‘ynagan davrdagi, Antonio Konte boshqargan jamoaga o‘xshashini istayman. Umid qilamanki, o‘sha kunlardagi kabi bir xil istak va hamjihatlikka erisha olamiz. Jamoaga tamoyillar, klub DNKsi, fidoyilik va o‘zaro g‘amxo‘rlik qilish qaytishini istayman. Shu yo‘l bilan maqsadlarimizga erisha olamiz. 
Jamoaga yetishmayotgan ishtiyoqni bermoqchiman. Shunda haqiqiy futbol o‘ynaymiz. Men o‘yinchilarga ikkita narsani aytdim: doim to‘pga egalik qilish va to‘pni yo‘qotganda tezda uni qaytarib, nazoratga olish. Bular – men ishonadigan asosiy taktik qoidalar. Bu – jamoa uchun juda muhim jihatlar», – deya Pirloning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, Pirlo Konte qo‘l ostida 2011-2014 yillar oralig‘ida «Yuventus»da o‘ynagan. Antonio hozir «Inter» bosh murabbiyi sanaladi.
104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *