Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lineker: «Umid qilamanki, «Barselona» Messining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi»

Lineker: «Umid qilamanki, «Barselona» Messining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi»

Автор: admin

Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Lionel Messining «Barselona»dan ketmoqchiligiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Agar Messi «Barselona»ni shartnomasidagi bandni faollashtirish orqali tark etmoqchi bo‘lsa, umid qilamanki, klub unga to‘sqinlik qilmaydi va yordam berishga harakat qiladi.
U jamoa uchun yetarlicha jon kuydirdi. Leo – «Barselona»ning eng buyuk futbolchisi. Agar barchasi futbolchi va klub o‘rtasidagi janjal bilan tugasa, bu juda yomon», – deb yozadi Lineker «tvitter»dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni «Barselona» Messining klubdan ketishga qaror qilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagandi. 
33 yoshli argentinalik shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqidan foydalanib, jamoani tark etmoqchi. Ammo kataloniyaliklar hujumchining sotilmasligi, uni qo‘lga kiritishni istaydigan klub shartnomada belgilangan 700 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi kerakligini ta’kidlashmoqda.
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *