Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» Ibrahimovich bilan kelishuvga erishdi

«Milan» Ibrahimovich bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

«Milan» shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports Italy xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Ibrahimovich milanliklar bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnomasini uzaytirgan. Unga ko‘ra 38 yoshli hujumchi 6 million yevro maosh oladi va klub Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa yana 500 ming yevro bonusga ham ega chiqadi.
Ibrahimovich 2020 yilning yanvar oyida «Los-Andjeles Gelaksi» safidan Italiya klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Zlatan yarim mavsum ichida 18 o‘yinda 10ta golga mualliflik qildi. 
Ma’lumot uchun, «Milan» yakuniga yetgan A Seriya bahslarida 38 o‘yinda 66 ochko to‘plab, chempionatda 6-o‘rinni egallagan.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *