Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rasman: «Barselona»da Messi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berildi

Rasman: «Barselona»da Messi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berildi

Автор: admin

«Barselona»ning yangi sport direktori Ramon Planes jamoa futbolchisi Lionel Messining ketishi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
«Messi bizga «Barselona» mashg‘ulotlariga qaytmasligi haqida gapirmadi. Messi «Barselona» tarixidagi eng zo‘r futbolchi. Biz kelajakdagi jamoani uning atrofida tuzishni istaymiz. Biz uni olib qolishning uddasidan chiqamiz. Bu haqda Kumanga ham aytdim», dedi Kataloniya klubining sport direktori.
Bir necha kundan buyon Messi «Barselona»ni tark etishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Bundan xavotir olgan muxlislar esa klub qarorgohiga borib, prezident Jozep Bartomeuning iste’fosini talab qilishdi. Bartomeu esa kamida keyingi yil mart oyiga qadar «Barselona» prezidenti lavozimida qolishini ma’lum qilgan.
91   

Комментарии
(1)

  1. Ulug’bek 1 сентября 2020 22:27
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Messi iltimos ketma 😔😔😔
Добавить комментарий
Ваше имя: *