Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi FIFAdan transfer sertifikatini so‘radi

Messi FIFAdan transfer sertifikatini so‘radi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi yaqin orada boshqa klubga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Tankredi Palmeri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi FIFAdan xalqaro transfer sertifikatini so‘ragan. Bu hujjat Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi tomonidan Messining yangi klubi milliy federatsiyasiga jo‘natilishi lozim.
25 avgust kuni Leo «Barselona»ni tark etishi haqida klub rahbariyatini xabardor qilgan edi. Ammo kataloniyaliklar uni qo‘yib yuborilmasligini ma’lum qilishdi. Messining shartnomasida belgilangan tovon puli 700 mln yevroga teng.
Futbolchi shartnomani bekor qilish mumkinligi haqidagi banddan foydalanib, «Barselona»ni erkin agent maqomida bepul tark etishni ko‘zlamoqda. Biroq, bu imkoniyatdan u 30 may kunigacha foydalanishi mumkin edi. Ammo hujumchining huquqshunoslari pandemiya tufayli cho‘zilib ketgan mavsum sababli, bu imkoniyat yo‘qotilmagan deb hisoblashmoqda.
Messiga asosiy da’vogar «Manchester Siti» klubi bo‘lib turibdi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *