Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Manba: «MYU» va «PSJ» moliyaviy jihatdan Messi uchun asosiy favorit

Manba: «MYU» va «PSJ» moliyaviy jihatdan Messi uchun asosiy favorit

Автор: admin

«Barselona»ni tark etishi kutilayotgan Lionel Messi uchun bir qator klublar kurashni boshlab yuborgan. Diario Sport’ning yozishicha, argentinalik goleador uchun «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublari asosiy favorit bo‘lib turibdi.
Manbaning yoziishcha, Messi uchun tovon puli to‘lanishi talab qilinsa, aynan «Manchester Yunayted» va «PSJ» klublari Kataloniya jamoasining talabini qondira olishi mumkin.
«PSJ» klubi rahbariyati Messining transferini klub uchun katta imkoniyat sifatida ko‘rmoqda va buning uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishga tayyor. Parijliklar Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishni istamoqda va Messi bilan buning iloji bo‘lishiga ishonishmoqda. 
Shuningdek, «Manchester Yunayted» vakillari ham Messiga yaqin odamlar bilan aloqaga chiqib, transfer imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Italiyaning «Inter» klubi ham Messini qo‘lga kiritish uchun barcha ishga tayyorligi aytilgan bo‘lsa-da, manbalar Milan klubining bu o‘tishni amalga oshirishda moliyaviy muammolarga uchrashini taxmin qilmoqda.
Avvalroq, Messining Pep Gvardiola qo‘l ostida «Manchester Siti»da o‘ynamoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining «Siti» yetakchilaridan biri, hamyurti Serxio Aguero bilan gaplashgani haqida ham ma’lumotlar bor. 
Eslatib o‘tamiz, Messi seshanba kuni «Barselona» klubini tark etmoqchi ekanligini faks orqali xabarnoma yuborib ma’lum qilgan. 33 yoshli hujumchi bugun, chorshanba kuni FIFAdan xalqaro transfer sertifikatini so‘ragan.
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *