Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Konte qoladimi?
 
Milanning “Inter” klubi Antonio Konte borasida yakuniy qarorga keldi.
“Inter” jamoasining rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa rahbarlari Konte bilan kelajak haqida rejalarni muhokama qilgan va murabbiy jamoada qoladi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” bu mavsumda “A seriya”ning kumush medallariga ega chiqdi va Yevropa Ligasida finalga qadar yetib bordi.
Anchelottidan transferlar
 
Angliyaning “Everton” jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsum oldidan takribni kuchaytirmoqchi.
“The Telegraph” nashrining ma’lum qilishicha, “irislar” “Real” klubi bilanXames Rodriges borasida muzokaralar olib bormoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub Prezidenti Farhad Moshiri murabbiy talab qilgan summani ajratishga qaror qilgan.
Parti “Arsenal”ga kerakmi?
 
Angliyaning “Arsenal” jamoasi “Atletiko Madrid” klubi tayanch yarim himoyachisi Tomas Partining transferidan voz kechdi.
Buhaqida sport.es nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi “matraschilar” bilan futbolchining transfer summasi borasida kelishuvga erisha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko Madrid” Partini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Emerson ketadimi?
 
Londonning “Chelsi” klubi jamoa himoyachisi Emerson Palmerining transfer narxini e’lon qildi.
“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, klub Emerson bilan qiziqib qolgan “Inter” jamoasiga o‘z futbolchisini 26 million funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” tez orada “Lester” himoyachisi Ben Chiluel bilan shartnoma imzolaydi va Emersonning klub uchun qiymati yo‘qoladi.
Martinesning narxi ma’lum
 
Germaniyaning “Bavariya” jamoasi klub uchun 8 mavsum to‘p tepgan Xavi Martinesni transferga qo‘yadi.
“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, klub o‘z futbolchisining transfer summasini kamaytirgan holda uni tezroq qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Universal futbolchiuchun jamoa 10 million yevro talab qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, tajribali ispan bilan “Fiorentina” va “Renn” klublari jiddiy qiziqib qolgan. Shuningdek, “Atletik” jamoasidan ham takliflar mavjud.
Kosta ketadimi?

Turinning “Yuventus” jamoasi Duglas Kostaning transfer summani balandlatdi.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, “zebralar” braziliyalik futbolchini 40 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, klubga allaqachon Kosta borasida 10 ga yaqin takliflar kelib tushgan, biroq ushbu takliflarning birortasi moliyaviy tomondan “Yuventus”ni qoniqtirmagan.
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *