Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. SSKA g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Zenit» 11 oyda ilk marta yengildi. Vanderson super gol urdi

RPL. SSKA g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Zenit» 11 oyda ilk marta yengildi. Vanderson super gol urdi

Автор: admin

Rossiya chempionatida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Krasnodar» mehmoni bo‘lgan SSKA oxirgi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. 80-daqiqada Vandersonning fantastik goli «buqalar»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Amaldagi chempion va musobaqa yetakchisi «Zenit» 5-turga kelib mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Moskvada «Dinamo» mehmoni bo‘lgan «Zenit» Shunichning goli evaziga mag‘lubiyatni tan oldi. Peterburgliklar RPLda 11 oy ichida ilk marta mag‘lub bo‘lishdi.
RPL. 5-tur
Dinamo – Zenit 1:0

Gol: Shunich (40).
Dinamo: Shunin, Skopinsev, Ordets, Shunich, Parshivlyuk, Shimanski (Moro, 76), Fomin, Kabore, Yevgenev, Igboun (Komlichenko, 67), Filipp (Pliyev, 76).
Zenit: Kerjakov, Lovren, Karavayev (Yeroxin, 87), Rakitskiy (Sutormin, 86), Duglas Santos, Barrios, Ozdoyev (Rigoni, 70), Malkom, Ozmun, Dzyuba (Jirkov, 70), Driussi (Mostovoy, 15).
Ogohlantirishlar: Karavayev (39), Barrios (49), Shimanski (52), Parshivlyuk (66), Moro (79), Pliyev (85), Yevgenev (87), Kabore (89), Shunin (90), Rigoni (90).
Chetlatishlar: Skopinsev (75), Barrios (83).
Krasnodar – SSKA 1:1
Gollar: Vanderson (80) – Kuchayev (28).
Krasnodar: Safonov, Martinovich, Ramires (Suleymanov, 83), Petrov, Sorokin, Utkin (Matsukatov, 68), Gazinskiy (Vilena, 46), Olsson, Klasson, Vanderson (Smolnikov, 83), Berg.
SSKA: Akinfeyev, ennikov, Diveyev, Magnusson, Fernandes, Oblyakov, Kuchayev (Tiknizyan, 79), Vlashich, Maradishvili, Sigurdsson (Gaych, 79), Chalov (Zaynutdinov, 54).
Ogohlantirishlar: Berg (26), Maradishvili (53), Ramires (79), Tiknizyan (90).
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *