Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" va "Barselona" muzokaralarni boshladi

"Inter" va "Barselona" muzokaralarni boshladi

Автор: admin

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyat bilan uchrashuvda chililik yarim himoyachini xarid qilishni so‘ragan. 

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "Barselona" ham Arturoni qo‘yib yuborishga tayyor. Kataloniyaliklarning yangi murabbiyi Kuman futbolchini o‘z rejalariga kiritmayapti.

Ma’lumot uchun, Vidalning "Barsa" bilan shartnomasi keyingi yilga yakunlanadi. "Inter" 33 yoshli futbolchi borasida "Barselona" bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *