Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» Messi bilan muzokara boshladi

«Manchester Yunayted» Messi bilan muzokara boshladi

Автор: admin

"Barselona" hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi "Manchester Yunayted" bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.

Mankunianliklar yozgi transfer paytida Messi bilan shartnoma imzolashmoqchi. Argentinalik futbolchi "Barsa" bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishga muvaffaq bo‘lsa, u boshqa jamoa safiga bepul o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" va "Inter" klublari ham Messining xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda.

Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu paytgacha u "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalar doirasida 731ta o‘yin o‘tkazib, 634ta gol urdi va 285ta golga uzatma berdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: soccernews.ru
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *