Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Karvaxal: «Real»da do‘st topish qiyin»

Karvaxal: «Real»da do‘st topish qiyin»

Автор: admin

«Real» himoyachisi Dani Karvaxal jamoa ichidagi shaxsiy munosabatlar haqida gapirdi.
«Real»da do‘st topish qiyin. «Bayer»da o‘ynaganimda, futbolchilarning o‘rtacha yoshi 23 edi va, albatta, biz bir-birimiz bilan do‘st edik. «Real»da har kimning o‘z hayoti bor. Hamma mashg‘ulotlarda astoydil ishlaydi. Boshqa narsalarga shunchaki vaqt yo‘q. 
Jamoadagi asosiy shaxs – Zinedin Zidan. Uning ustunligi bu – o‘yinchilarga bera oladigan xotirjamlik. Bizning ishlarimiz yaxshi yoki yomonligidan qat’i nazar, u doimo sovuqqon. Bu xotirjamlik bizga ham o‘tadi. U jamoaga ishonadi, natijalarga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini hammaga tushuntiradi va bu klubga muvaffaqiyat keltiradi», – deya Karvaxalning so‘zlarini keltiradi Esquire.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *