Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suaresning advokati: «Luisning «Barsa»dagi kelajagi Messiga bog‘liq»

Suaresning advokati: «Luisning «Barsa»dagi kelajagi Messiga bog‘liq»

Автор: admin

«Barselona»ning urugvaylik hujumchisi Luis Suaresning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Alexandro Balbi mijozining Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
«Albatta, Luisning Kataloniyadagi kelajagiga Messining ketishi yoki qolishi ta’sir qiladi. Ular maydonda ham, uning tashqarisida ham eng yaxshi do‘stlar. Ular doim birga bo‘lib, bir-birlarini do‘st sifatida yaxshi ko‘radilar.
Luis – jahon futbolidagi eng yaxshi hujumchilardan biri. U jamoadan shunchaki keta olmaydi, chunki uning oilasi Barselonada yashaydi. Ular bu muammoni oilalari bilan birgalikda hal qilishadi», – deydi Balbi TyC Sports'ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona»ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman 33 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini aytgandi. Shundan so‘ng jamoa sardori Lionel Messi ham jamoani tark etish istagini bildirgan.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *