Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rivaldo: «Messi bilan bo‘layotgan voqealar «Real» Ronalduni 100 mln yevroga sotib, adashmaganini ko‘rsatmoqda»

Rivaldo: «Messi bilan bo‘layotgan voqealar «Real» Ronalduni 100 mln yevroga sotib, adashmaganini ko‘rsatmoqda»

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Rivaldo jamoa sardori Lionel Messining klubni tark etmoqchiligiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Klub pandemiya tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda eng katta yulduzini tekinga yo‘qotishi – katta zarba. Bu – Messining zudlik bilan ketishiga eng katta to‘siq, chunki «Barsa» uning transferidan pul olmoqchi.
2018 yili Ronalduning 100 mln yevro evaziga «Yuventus»ga o‘tishi shubhali tuyulgandi. Ammo Messi bilan bo‘layotgan voqealar  rivojiga qarab, Ronalduning transferi aslida «Real» uchun yomon bo‘lmaganini bilish mumkin. Chunki madridliklar quruq qo‘l bilan qolishmagan.
«Barselona»da Messining hikoyasi tugayotganini ko‘rish achinarli. Ammo bu futbol, ba’zan ishlar biz kutgandek bo‘lmaydi», – deya Rivaldoning so‘zlarini keltiradi Betfair.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *