Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ana xolos! Messining kelishi "Manchester Siti"ga yarim milliard funtga tushadi

Ana xolos! Messining kelishi "Manchester Siti"ga yarim milliard funtga tushadi

Автор: admin

Voqealar jiddiy tus olmoqda.
“Barselona” forvardi Lionel Messi jamoadan ketishga yaqin turibdi. U katta ehtimol bilan “Manchester Siti”ga o‘tadi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchining kelishi “shaharliklar”ga 500 million funtga tushadi. Kataloniyaliklar Messini 200 mln funtga sotishi mumkin, qolgan 300 million esa uning maoshiga sarflanadi.
“Siti” ayni damda Leoga keyinchalik “Nyu-York Siti”ga o‘tish huquqi bilan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Shunda u “Manchester Siti”da yiliga 100 mln funt maosh oladi.
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *