Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Paxtakor» «Andijon»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi

Superliga. «Paxtakor» «Andijon»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi

Автор: admin

Superliga 13-turi doirasida o‘tkazilishi so‘nggi soatlargacha noaniqligicha qolgan «Andijon» - «Paxtakor» uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
«Lokomotiv» stadionida kechgan bahsda amaldagi chempion turnir jadvalida so‘nggi pog‘onalarda borayotgan klubga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Igor Sergeyev hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada to‘p andijonliklar himoyachisi qo‘liga tekkani uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Dragan Cheran aniq foydalanib, mavsumdagi 13-golini kiritdi – 2:0.
Ushbu g‘alaba evaziga Shota Arveladze jamoasi turnir jadvalidagi ochkolari sonini 34taga yetkazib qo‘ydi va peshqadamlikni mustahkamladi. «Andijon» esa hali g‘alaba qozonmagan yagona klub sifatida 6 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.
Superliga. 13-tur. 27 avgust (payshanba)
«Andijon» - «Paxtakor» - 0:2
Toshkent, «Lokomotiv» stadioni.

Bosh hakam: Rahimjon Karimov
Gollar: Igor Sergeyev 20, Dragan Cheran 42.
«Andijon»: 16.Eldor Adhamov, 3. Azamat Isroilov (5.Xushnud Avilov, 23), 4. Farhod Mirahmadov, 6. Baxtiyor Qosimov, 8. Farhod Bekmuratov, 9. Emmanuel Arivachukvu, 11.Siroj Meliyev, 23.Temur Usmonov, 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 33.Doniyor Abdumannopov (80.Shahboz Jumaboyev, 46), 70. Nodir Mavlonov (25.Qahramon Bahodirov, 63).
«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Akromjon Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov (17. Dostonbek Hamdamov, 66), 10.Dragan Cheran, 11.Igor Sergeyev (77.Eren Derdiyo‘q, 46), 20.Odil Hamrobekov (7.Sadriddin Abdullayev, 74), 21. Abrorbek Ismoilov, 29. Vladimir Kozak, 34.Farrux Sayfiyev (6.Alisher Salimov, 46), 99. Javohir Sidiqov (8.Asadbek Sobirjonov, 75).
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *