Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» yana bir transferni e’lon qildi

«Chelsi» yana bir transferni e’lon qildi

Автор: admin

"Nissa" himoyachisi Malang Sarr "Chelsi" a’zosiga aylandi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Fransiyalik markaziy himoyachi "ko‘klar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shunga qaramay, 21 yoshli futbolchi mavsumni ijara asosida boshqa jamoada o‘tkazadi. Darvoqe, "Chelsi" Sarrni bepul qo‘lga kiritdi. Boisi, uning "Nissa" bilan shartnomasi yakuniga yetgan edi.

Sarr "Nissa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2016 yilda debyut qilgan. Yakunlangan mavsumda u 20ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Manba: sport24.ru
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *