Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Real" futbolchisini "Milan"ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi

"Real" futbolchisini "Milan"ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi

Автор: admin

Madridning "Real" klubi Braim Diasni Italiyaning "Milan" klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Milan klubi 21 yoshli hujumchi borasida "Real" bilan kelishib oldi. Endilikda Diasning o‘zi rozilik berishi kerak.
Ma’lumot uchun, Dias o‘tgan mavsum La Ligada atigi oltita uchrashuvida ishtirok etdi.
Shuningdek, u Copa del Reyning uchta uchrashuvida maydonga tushdi.
Manba: Mundo Deportivo
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *