Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Pol Pogbada koronavirus aniqlandi

Pol Pogbada koronavirus aniqlandi

Автор: admin

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbada koronavirus aniqlandi.
Bu haqda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning o‘rniga Fransiya terma jamoasining sentabr oyidagi yig‘iniga “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga chaqirilgan.
L’Equipe’ning xabar qilishicha, Pogbadan tashqari “Tottenhem” yarim himoyachisi Tangi Ndombeleda ham infeksiya aniqlangan va u ham terma jamoa yig‘iniga jalb etilmagan.
Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Shvetsiya (5-sentabr) va Xorvatiyaga (8-sentabr) qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Pogba 2019/20-yilning mavsum Premyer Ligada 16 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *