Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «Unutilmas 8 yil uchun rahmat» – «PSJ» Silvaning jamoadan ketganini e’lon qildi

«Unutilmas 8 yil uchun rahmat» – «PSJ» Silvaning jamoadan ketganini e’lon qildi

Автор: admin

«PSJ» jamoa sardori Tiago Silvaning klubdan ketganini e’lon qildi.
35 yoshli braziliyalik himoyachi «PSJ»da 2012 yildan beri o‘ynadi. U parijliklar safida 315ta bahsda maydonga tushib, jamoa bilan 25ta titulni qo‘lga kiritdi.
«Tiago, unutilmas 8 yil uchun rahmat. O‘yin, fidoyilik va energiya uchun tashakkur. Sen doim  tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib qolasan.
«PSJ»dagi afsonaviy maqoming saqlab qolinadi. Senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Sen doim klub tarixining bir qismi bo‘lib qolasan. Katta rahmat, sardor», – deydi klub prezidenti Nosir Al-Helayfi.
Avvalroq Silvaning «Chelsi» bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *