Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Sky Sports: Neymar «PSJ»dan Messini sotib olishni so‘ragan

Sky Sports: Neymar «PSJ»dan Messini sotib olishni so‘ragan

Автор: admin

Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar o‘z jamoasida Lionel Messini ko‘rmoqchi. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Brayan Suonson yozmoqda.
Jurnalistning yozishicha, Neymar Parij klubi rahbariyatidan Messini sotib olishni iltimos qilgan. Biroq fransiya OAVlari «PSJ» Messini sotib olish haqida o‘ylamayotgani haqida yozmoqda. Ba’zi nashrlar esa «PSJ» Messiga «Barselona» va «Manchester Siti»dan ham ko‘proq maosh taklif qilganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Messi «Barselona»da 29 million yevroga yaqin maosh oladi. Neymarga esa «PSJ» yiliga 37 million yevroga yaqin maosh to‘laydi. Taqqoslash uchun Krishtianu Ronalduning «Yuventus»dagi yillik maoshi 31 million yevroni tashkil etadi.
175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *