Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Pul muammo emas, «Siti»da o‘ynashni istayman» – Messi va Gvardiolaning telefon suhbati tafsiloti paydo bo‘ldi

«Pul muammo emas, «Siti»da o‘ynashni istayman» – Messi va Gvardiolaning telefon suhbati tafsiloti paydo bo‘ldi

Автор: admin

Taniqli jurnalist Veronika Brunati «Barselona» futbolchisi Lionel Messi atrofidagi voqealar haqida shov-shuvli post qoldirdi. Uning aytishicha, Messining otasi va ayni damda agenti muzokaralar o‘tkazish uchun yakshanba kuni Barselonada bo‘ladi.
«Messi Gvardiolaga qo‘ng‘iroq qilgan va «Pul to‘siq bo‘lolmaydi, men «Siti»da o‘ynamoqchiman», degan. Messining otasi yakshanba kuni Barselonada bo‘ladi. «Manchester Siti» transferga Bernardu Silvani qo‘shmoqchi emas, biroq Gabriel Jezusning Kataloniyaga ketishi variantini ko‘rib chiqmoqda. «Siti» braziliyalik hujumchini 100 million yevroga baholagan», deb yozgan jurnalist tvitterdagi sahifasida.
Brunatining yozishicha, «Manchester Siti» Messiga 2+1 ko‘rinishida shartnoma taklif qilmoqchi.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *