Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» Messi uchun 100 mln yevro va 3 o‘yinchisini taklif qilishga tayyor

«Manchester Siti» Messi uchun 100 mln yevro va 3 o‘yinchisini taklif qilishga tayyor

Автор: admin

«Manchester Siti» «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Kataloniya klubi 33 yoshli argentinalikni qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Ammo «Manchester Siti» allaqachon moliyaviy feyr-pley qoidalariga zid bo‘lmagan taklif tayyorlab qo‘ygan.
Diario Sport'ning yozishicha, «shaharliklar» Messi uchun 100 mln yevro va 3 o‘yinchisi – hujumchi Gabriel Jezus, yarimhimoyachi Bernardu Silva, himoyachi Erik Garsiyani berishga tayyor.
Braziliyalik hujumchining varianti «Barsa»ga ma’qul emas, ammo Bernardu va Garsiyaga kataloniyaliklar jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha jurnalist Veronika Brunati «Siti» Messining transferiga Bernardu Silvani qo‘shmoqchi emasligini xabar qilgandi.
131   
Добавить комментарий
Ваше имя: *