Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Grilish transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

«MYU» Grilish transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Автор: admin

«Aston Villa» yarimhimoyachisi Jek Grilish «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.
Daily Mail'ning yozishicha, mankunianliklar birmengemliklar bilan muzokara olib borishmoqda. 24 yoshli ingliz futbolchisi kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan «Manchester Yunayted»ga o‘tishga tayyor.
«Aston Villa» o‘ziga mos keladigan taklif bo‘lsa, Grilishning ketishiga xalaqit bermaydi. Birmengem klubi jamoa sardorini 75 mln funtga baholamoqda. 
Ta’kidlanishicha, «MYU» «Borussiya» D vingeri Jeydon Sancho transferida omadsizlikka uchragach, bor e’tiborini Grilishga qaratgan.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *