Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Atletiko» «Barselona»ning o‘yinchi almashtirish borasidagi taklifini rad etdi

«Atletiko» «Barselona»ning o‘yinchi almashtirish borasidagi taklifini rad etdi

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu «Bavariya»ga (2:8) qarshi Chempionlar Ligasi chorakfinalidan oldin «Atletiko»ga o‘yinchilarni almashtirish borasida kutilmagan taklif bilan chiqdi, deya xabar beradi Marca.
Bartomeu madridliklarga Grizmanni qaytarib berishini aytib, evaziga «matraschilar»ning portugaliyalik forvardi Joau Felishni so‘ragan. Ammo «Atletiko» ushbu taklifni rad etgan.
29 yoshli Grizmann «Barselona»ga 2019 yil yozida 120 mln yevroga «Atletiko»dan o‘tgan. U «ko‘k-anorranglilar» safida 48ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi. 
20 yoshli Felish esa «Atletiko»ga 2019 yil 3 iyulda 126 mln yevroga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda klublar miqyosidagi barcha turnirlarda 36ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga 9ta gol va 3ta assistni yozdirib qo‘ydi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *