Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» A Seriya startini bir haftaga qoldirishni so‘radi

«Inter» A Seriya startini bir haftaga qoldirishni so‘radi

Автор: admin

A Seriyaning bir qator jamoalari liga rahbariyatidan yangi mavsum boshlanishini bir haftaga qoldirishni so‘rashmoqda.
Corriere della Sera'ning yozishicha, «Inter» ushbu klublar ichida yetakchilik qilmoqda. Qayd etilishicha, «neradzurri» rahbariyati mavsum boshlanishidan oldin qo‘shimcha bir hafta dam olish to‘g‘risida rasmiy so‘rov yuborgan. 
Agar A Seriya «Inter» so‘roviga rozi bo‘lsa, Milan klubi chempionatdagi ishtirokini 26-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 2-turdan boshlaydi va jamoaning 1-turdagi o‘yini qoldiriladi.
Aslida Italiya chempionati 19 sentyabrda boshlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» o‘tgan mavsumni 21 avgust kuni yakunladi. Konte shogirdlari Yevropa Ligasi finalida «Sevilya»ga (2:3) imkoniyatni boy berishdi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *