Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa, Luis Suaresga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa, Luis Suaresga qancha tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

“Barselona” forvardi Luis Suares jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, 33 yoshli urugvaylik futbolchi agar katalon klubi shartnomani muddatidan oldin bekor qiladigan bo‘lsa, 25 million yevro miqdoridagi tovon puli olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Suaresning xizmatlaridan voz kechgandi.
Shundan so‘ng unga bir qator klublar, xususan, “Yuventus”ning jiddiy qiziqish bildirgani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Suares La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2021-yil iyunida o‘z nihoyasiga yetadi.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *