Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Rasman. Tiago Silva «Chelsi» a’zosiga aylandi

Rasman. Tiago Silva «Chelsi» a’zosiga aylandi

Автор: admin

Kecha "Pari Sen-Jermen" bilan xayrlashgan Tiago Silva, bugun "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar bir yillik shartnomani imzolashdi. Shuningdek, uni yana bir yil uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

"Men "Chelsi" safiga qo‘shilganimdan xursandman. Frenk Lempard jamoasining a’zosiga aylanganimdan baxtliman. Bu jamoaga sovrinlar yutishda yordam berish uchun keldim. Tez orada ko‘rishguncha, "Chelsi" muxlislari. «Stemford Brij» maydoniga chiqishni intizorlik bilan kutaman", — dedi Silva.

Ma’lumotlarga qaraganda, Tiago Silva "Chelsi" safida 10 million yevro miqdorida yillik maosh oladi.
Manba: www.chelseafc.com
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *