Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “So‘g‘diyona” penaltidan urilgan ikkita gol evaziga “Surxon”dan ustun keldi

Superliga. “So‘g‘diyona” penaltidan urilgan ikkita gol evaziga “Surxon”dan ustun keldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 13-turida “So‘g‘diyona” 28-avgust, juma kuni “Surxon”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Shoxruz Norxonov penaltini aniq bajargan holda jizzaxliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay termizliklar darvozasi tomon yana 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, uni Jasur Hasanov golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘limda o‘yin o‘rtacha tempda ketdi va darvozalar daxlsiz qoldi.
Shu tariqa “So‘g‘diyona” ochkolarini 16 taga yetkazib oldi va 9-o‘rinda bormoqda. “Surxon” (8) esa 12-o‘rindan joy olgan.
Coca-Cola Superliga
13-tur bahslari
28-avgust, juma

“So‘g‘diyona” — “Surxon” 2:0

Gollar: 1:0 – 38, penalti Norxonov, 2:0 – 43, penalti Hasanov.
“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Sanjar Rashidov (Ayubxon Nomanov, 77), Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 77), Jasur Hasanov, Daniel Nasriddinov (Jamshid Boltaboyev, 65), Shavkat Mullajonov, Javohir Qahramonov (Sahob Rashidov, 77), Shahboz Jo‘rabekov (San’at Shixov, 59), Marko Kolakovich.
“Surxon”: Akbar To‘rayev (Asilbek Amonov, 46), Sherzod Karimov, Shavkat Salomov, Aleksandr Kasyan, Sardor Sulaymonov (Nuriddin Hasanov, 61), Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov, Asror G‘ofurov (Muhammadali Namozov, 84).
Ogohlantirishlar: Aliyev (42), Jo‘rabekov (53), G‘ofurov (90+4).
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *