Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Navbahor” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib “Qo‘qon-1912”ga yutqazdi, “Bunyodkor” ochko yo‘qotdi

Superliga. “Navbahor” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib “Qo‘qon-1912”ga yutqazdi, “Bunyodkor” ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Coca-Cola  Superliga 13-turidan o‘rin olgan 28-avgust kungi ikkita uchrashuv yakunlandi.
“Navbahor” jamoasi vodiy derbisida “Qo‘qon-1912”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda qo‘qonliklar penalti ishlab oldi. Uni Murod Xolmuhammedov aniq bajarib, jamoasining navbatdagi g‘alabasini ta’minladi.
“Qo‘qon-1912” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 25 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (19) esa 6-pog‘onada qoldi.
Parallel o‘yin “Bunyodkor” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi kechdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xurshid G‘iyosov penaltini aniq bajarib, “qaldirg‘ochlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga Navoiy klubi ikkinchi bo‘lim so‘ngida Ruslan Margiyevning goli bilan javob qaytardi.
“Bunyodkor” (23) ushbu durangdan keyin 5-o‘ringa tushib ketdi. “Qizilqum” 10 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
Coca-Cola  Superliga
13-tur bahslari
28-avgust, juma

“Navbahor” — “Qo‘qon-1912” 0:1

Gol: 0:1 – 90+3, penalti Xolmuhammedov.
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Azim Ahmedov, Aziz Turg‘unboyev, Sardar Telyakov, Igor Golban, Shohruh Mahmudxojiyev (Islom Isoqjonov, 46), Xurshid Muxtorov, Tohirjon Shamsitdinov (Davron Hoshimov, 74), Pavel Golishev (Ivan Solovyov, 65), Ruslan Bolov (Zabihillo O‘rinboyev, 57).
“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Boburjon Akbarov, Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov, 88), Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Avazxon Mamatxo‘jayev (Murod Xolmuhammedov, 75), Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov, 75), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Yakuba Bamba (Iqbol Malikjonov, 80).
Ogohlantirishlar: Mamatxo‘jayev (17), Bolov (40), Golban (43), Berdiyev (67), Muxtorov (90+3)

“Bunyodkor” — “Qizilqum” 1:1

Gollar: 1:0 – 43, penalti G‘iyosov, 1:1 – 80 Margiyev.
“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Dilshod Ahmadaliyev (Rasul Yo‘ldoshev 68), Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov 86), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov 46), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Farrux Ikromov (Suhrob Izzatov 68).
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Fayzullo Qambarov 92), Ruslan Margiyev, Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev (Vohid Shodiyev 79), Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva, Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Alisher Sanoyev 46).
Ogohlantirishlar: Qilichev (28), Kasminin (33), To‘rayev (86), Boydullayev (89), Qodirqulov (90+1).
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *