Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Messi "Kruzeyro" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdimi?

Messi "Kruzeyro" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdimi?

Автор: admin

Braziliyaning "Kruzeyro" futbol klubi saytida "Barselona" hujumchisi Messi bilan bog‘liq xabar tarqaldi. Unda Leo "Kruzeyro" bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekkani aytilgan.
Biroq keyinchalik bu xakerlar hujumchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayni damda bu holat  tekshirilmoqda, deb xabar bermoqda Globo Esporte.
Gazetada ta’kidlanishicha, xabar mahalliy vaqt bilan juma kuni kechqurun saytda paydo bo‘ldi. Unda argentinalik futbolchi mavsumni uzaytirish imkoniyati bilan to‘rt yillik shartnoma imzolashi aytilgan.
"Juma kuni tushdan keyin "Kruzeyro"ning veb-saytiga hujum uyushtirildi, ammo u to‘xtatildi, xabar xavfsizlik tizimi tomonidan olib tashlandi. Klub tekshirmoqda", — deyiladi "Kruzeyro"ning bayonotida.
Ma’lumot uchun, seshanba kuni Messi "Barcelona"ga amaldagi shartnomani bekor qilmoqchi ekanligini aytgani haqida xabar tarqaldi. OAV xabarlariga ko‘ra, Messi Angliyaning «Manchester Siti»siga o‘tmoqchi. 
Manba: rsport.ria.ru
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *