Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard «Chelsi» futbolchisining «Inter»ga o‘tishini tasdiqladi

Lempard «Chelsi» futbolchisining «Inter»ga o‘tishini tasdiqladi

Автор: admin

«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard klub himoyachisi Viktor Mozesning ijara asosida yana boshqa klubga berilishini tasdiqladi. Mozes 2019 yil boshidan ijara asosida «Fenerbaxche» safida to‘p surayotgandi.
La Gazzetta dello Sport’ning xabariga ko‘ra, Viktor Mozes faoliyatini «Inter»da davom ettiradi. Futbolchiga Antonio Konte qiziqish bildirgach, klub rahbariyati nigeriyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma masalasida kelishuvga erishishga ulgurgan.  
«Mozes Turkiyadagi klub ijarasidan qaytdi. U boshqa jamoaga ijaraga beriladi. Ayni damda uni ijaraga berish borasida muzokara davom etmoqda», - deya Lempardning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Italiyalik jurnalist va insayder Nikola Skiraning yozishicha, «Inter» Viktor Mozesni sotib olish huquqi bilan 10 million yevro evaziga ijaraga olish borasida «Chelsi» bilan kelishuvga erishgan. 
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Viktor Mozes hozirda «Inter» bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Antonio Konte qo‘l ostida 2016-2018 yillar davomida «Chelsi»da to‘p surgan.


175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *