Goal24.uz » Jahon » Qatar futbol bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun rasmiy buyurtma berdi

Qatar futbol bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun rasmiy buyurtma berdi

Автор: admin

Osiyo futbol konfederasiyasi (AFC) Qatarning 2027 yilda AFC Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun rasmiy buyurtmasini oldi.

Qatar futbol assosiasiyasi rasmiy buyurtmasini mamlakatning Malayziyadagi elchisi Faxd bin Muhammad orqali taqdim etdi.

AFC Osiyo Kubogining amaldagi chempioni bo‘lgan Qatar uchinchi marta Osiyo Kubogini o‘tkazishga da’vogar Osiyodagi birinchi mamlakatdir. Avval ushbu mamlakatda 1988 va 2011yillarda AFC Osiyo Kubogi musobaqalari o‘tkazilgan edi.

2027 yilgi Osiyo futbol konfederasiyasi Kubogini o‘tkazish uchun, shuningdek Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston da’vogarlik qilmoqda.

2019 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan AFC Osiyo Kubogi qit’ada futbolni rivojlantirishda jiddiy siljishlarga turtki bo‘ldi. O‘shanda qit’a kubogi uchun 24 ta milliy terma jamoa futbolchilari g‘oliblik uchun kurash olib borgan.
Manba: olympic.uz
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *