Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messining otasi o‘g‘li qaysi jamoaga o‘tishini ma’lum qildi

Lionel Messining otasi o‘g‘li qaysi jamoaga o‘tishini ma’lum qildi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o‘g‘li “Manchester Siti”da o‘ynashni istayotgani haqidagi ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda L’Equipe.
Manbada ta’kidlanishicha, 28-avgust kuni PSJ sport direktori Leonardo Xorxe Messi bilan muzokara olib borgan. Unda Xorxe o‘g‘li “Manchester Siti” variantini tanlab bo‘lgani va Parijga borishni xohlamasligini aytgan.
Avvalroq 33 yoshli futbolchi “Barselona”ni tark etish qaroriga kelgani va bu haqda klub rahbariyatiga faks jo‘natgani ma’lum bo‘lgandi.
Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *